«davlat byudjeti» tegli maqolalar


«Shermatov vaziyatdan foydalanib, „piar“ qilibdilarda bir» — deputat davlat byudjetining tasdiqlanishi haqida
17 iyun 2021, 17:03

«Shermatov vaziyatdan foydalanib, „piar“ qilibdilarda bir» — deputat davlat byudjetining tasdiqlanishi haqida

Prezident videoselektorda o‘qituvchilar oylik maoshlarini oshirish zarurligini ta’kidladi. Xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov «davlat byudjetini tasdiqlovchi ba’zi deputatlar» bundan to‘g‘ri xulosa chiqarishiga umid qilishini yozdi. Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev bu jarayon deputatlarga bog‘liq emasligini, Shermatov vaziyatdan foydalanib «piar» qilganligini ta’kidladi.

Moliya vaziri 2020 yildagi byudjet kamomadlarini nima hisobiga qoplanganligini ma’lum qildi
28 may 2021, 14:48

Moliya vaziri 2020 yildagi byudjet kamomadlarini nima hisobiga qoplanganligini ma’lum qildi

Moliya vaziri Timur Ishmetov 2020 yilda davlat byudjetiga qancha daromad tushganini ochiqladi. Yil boshidagi prognozga nisbatan davlat byudjetiga QQSdan 13 trln so‘m kam mablag‘ tushgan. Vazir kamomadlar nimaning hisobiga qoplanganligini ham ma’lum qildi.

Hisob palatasi 2020 yilda 671 mlrd so‘mlik talon-torojlik holatlarini aniqlagan
7 aprel 2021, 16:55

Hisob palatasi 2020 yilda 671 mlrd so‘mlik talon-torojlik holatlarini aniqlagan

2020 yilda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida davlat byudjeti va jamg‘armalari hisobidan ajratilgan 671,3 mlrd so‘mlik mablag‘lar noqonuniy xarajatlar va o‘zlashtirishlar aniqlangan. Jumladan, o‘tgan yil davomida Halq ta’limi vazirligi muassasalarida 192,2 mlrd so‘mlik moliyaviy xatolik va o‘zlashtirish holatlari kuzatilgan.

2020 yilda partiyalar hisob raqamiga deyarli 100 mlrd so‘m kelib tushgan
27 mart 2021, 10:48

2020 yilda partiyalar hisob raqamiga deyarli 100 mlrd so‘m kelib tushgan

Siyosiy partiyalar rahbarlari 2020 yilda partiya faoliyatining moliyalashtirilishi va uning manbalari to‘g‘risida hisobot berishdi. O‘zLiDeP partiyasiga 35,3 mlrd so‘m kelib tushgan, bu partiyalarga o‘tkazilgan eng ko‘p mablag‘ hisoblanadi. Milliy tiklanish va O‘zLiDeP partiyalarining asosiy moliyalashtirish manbalari davlat byudjeti bo‘lgan. XDP xarajatlarining 48 foizi o‘z mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Prezident 2021 yil uchun Davlat byudjetini tasdiqladi
26 dekabr 2020, 17:47

Prezident 2021 yil uchun Davlat byudjetini tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi. Qonun bilan 2021 yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.

Senat 2021 yil Davlat byudjetini ma’qulladi
18 dekabr 2020, 15:03

Senat 2021 yil Davlat byudjetini ma’qulladi

Senat tomonidan ma’qullangan Davlat byudjetining 2021 yilgi xarajatlari 165,8 trln so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Shuningdek, 2021 yilda Davlat byudjeti daromadlari 147,2 trln so‘m miqdorida yoki joriy yilga nisbatan 13 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda.

Moliya vazirligi yirik soliq to‘lovchilarni e’lon qildi
1 dekabr 2020, 15:22

Moliya vazirligi yirik soliq to‘lovchilarni e’lon qildi

2021 yilda yirik soliq to‘lovchilarining byudjet tushumlaridagi umumiy ulushi 47,3 foizni tashqil qilishi mumkin. Davlat daromadlaridagi eng katta tushum Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga to‘g‘ri kelib, 20,1 foizni tashkil qilmoqda.

Deputatlar birinchi o‘qishda qabul qilgan 2021-yilgi davlat byudjeti qonunga zid bo‘lib chiqdi
25 noyabr 2020, 14:05

Deputatlar birinchi o‘qishda qabul qilgan 2021-yilgi davlat byudjeti qonunga zid bo‘lib chiqdi

Qonunchilik palatasi deputatlari birinchi o‘qishda qabul qilgan 2021-yilgi davlat byudjeti bilan Vazirlar Mahkamasiga berilayotgan vakolat qonunga zid bo‘lib chiqmoqda. Hisob palatasi yangi qonun loyihasi Byudjet kodeksiga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishi lozimligini qayd etdi.

2021 yilgi davlat byudjeti loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Byudjet xarajatlarini 25 foizga oshirish taklif qilinmoqda
30 oktabr 2020, 11:12

2021 yilgi davlat byudjeti loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Byudjet xarajatlarini 25 foizga oshirish taklif qilinmoqda

Moliya vazirligi 2021 yilgi davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Hujjatga ko‘ra, YAIM 5,1 foizga o‘sadi, inflyatsiya 10 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalangan byudjet xarajatlari 203,8 trln co‘mni tashkil qilishi kerak, bu joriy yilda prognoz qilingan xarajatlardan 25,5 foizga va belgilangan ko‘rsatkichlardan 5,6 foizga ko‘p.

Davlat byudjetidan 706 mlrd so‘m optimallashtiriladi
14 avgust 2020, 10:39

Davlat byudjetidan 706 mlrd so‘m optimallashtiriladi

Koronavirusga qarshi kurashish uchun zahira yaratish maqsadida 2020 yildagi davlat byudjetidan 706 mlrd so‘m mablag‘ni maqbullashtirish taklif etildi. Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, byudjet tashkilotlari xodimlariga rejalashtirilgan moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishi oktyabr-dekabr oylari uchun to‘xtatib turiladi.

Yarim yilda Davlat byudjeti defitsiti 6,7 trln so‘mni tashkil etdi
10 avgust 2020, 13:41

Yarim yilda Davlat byudjeti defitsiti 6,7 trln so‘mni tashkil etdi

2020 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida Davlat byudjeti daromadlari 58,2 trln so‘mni, xarajatlari esa 64,8 trln so‘mni tashkil etib, defitsit 6,7 trln so‘mga teng bo‘ldi.

Tashqi qarz chegarasini $5 mlrdgacha oshirish taklif etildi
30 iyul 2020, 13:31

Tashqi qarz chegarasini $5 mlrdgacha oshirish taklif etildi

Moliya vazirligi 2020 yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni taklif etmoqda. Xususan, mamlakat kafolati ostida jalb etish tashqi qarz chegarasini $1 mlrdga ($4 mlrddan $5 mlrdgacha) oshirish, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi hamda ularning xarajatlarini o‘zgartirish ko‘zlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting